Joriy yilning 22 yanvarida pedagogika va psixologiya fakulteti talabalari ishtirokida «Erta nikohning salbiy oqibatlari va uning psixologik ahamiyati» hamda «Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi va iste'moliga qarshi kurash» mavzularida davra suhbat tashkil etildi.
Davra suhbat doirasida Samarqand shahar FHDYo 2-bo'limi inspektori D. Qo'chqorova, universitet psixologi D. Jo'rayeva, shuningdek fakultet dekani ayollar masalalari bo'yicha maslahatchisi talabalarga erta nikohning salbiy oqibatlari mavzusida batafsil tushuntirishlar va tavsiyalar berishdi.
Uchrashuv davomida universitet profilaktika inspektori O. Eshmurodov ham giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi va iste'moliga qarshi kurash masalalari bo'yicha ma'lumot va tavsiyalar bilan chiqish qildi.