Universitet huzuridagi ixtisoslashtirilgan neyrojarrohlik va neyroreabilitatsiya ilmiy-amaliy markazi jamoasini shakllantirish maqsadida neyrojarrohlik kafedrasi professor-o'qituvchilari, magistrantlari va klinik ordinatorlari, shuningdek Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ko'p tarmoqli klinikasi neyrojarrohlik bo'limi shifokor-ordinatorlari tizimli asosda yetakchi xorijiy klinikalarda malakasini oshirib, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini amaliyotga joriy etmoqdalar.
Markazning davolanish va tashkiliy faoliyatiga zamonaviy talablarni joriy etish doirasida hamshiralarning yetakchi xorijiy klinikalarda malakasini oshirish ham ko'zda tutilgan. Shu munosabat bilan SamDTU Ko'p tarmoqli klinikasi neyrojarrohlik bo'limi katta hamshirasi F. I. Izimchanova Milano shahri (Italiya) bir qator yetakchi klinikalarida stajirovkadan o'tdi.
Stajirovka davomida hamshira Lombardiya mintaqasidagi «Fatebenefratelli», «Sacco» va «Buzzi» klinikalarida bo'lib, yetakchi italyan klinikalarida hamshiralik jarayoni, shuningdek zamonaviy kompyuter texnologiyalarini davolash faoliyatini tashkil etishda qo'llash imkoniyatlari haqida yangi bilimlar oldi.