«Ma'rifat johillikka qarshi» shiori ostida uchrashuv bo'lib o'tdi

«Ma'rifat johillikka qarshi» shiori ostida uchrashuv bo'lib o'tdi

Samarqand davlat tibbiyot universitetida «Ma'rifat johillikka qarshi» mavzusida ma'naviy-ma'rifiy va profilaktik tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda Samarqand viloyati Din ishlari qo'mitasi hududiy boshqarmasi boshlig'i S. Boymurodov, ichki ishlar organlari xodimlari, universitet ma'muriyati vakillari, shuningdek davolash fakulteti talabalari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida yoshlarda sog'lom dunyoqarashni shakllantirish, begona g'oyalardan himoya qilish, inson qadr-qimmati va inson huquqlarini ustuvorligini ta'minlash masalalari bo'yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Jamiyat rivojlanishida insoniy omil va qadriyatlarning roli, shuningdek yoshlarni turli destruktiv g'oyalar, zararli axborot oqimlari va ma'naviy tahdidlardan himoya qilish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Bundan tashqari, tadbir doirasida talaba yoshlar o'rtasida jinoyatchilikning va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.