Doktorantlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Doktorantlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Birinchi kurs doktorantlari va bazaviy doktorantlarning faoliyati bilan batafsil tanishish, shuningdek ularga zarur tavsiyalar berish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universitetida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor A. Qubayev va ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i A. Kim ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida doktorantlarning ilmiy ishlari va tadqiqotlari bo'yicha ma'ruzalari va hisobotlari tinglab chiqildi, yuzaga kelgan savollar va aniqlangan kamchiliklarga tushuntirishlar berildi. Shuningdek, doktorantlarning chet tillarini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlarga ega ekanligi ko'rib chiqildi.

Bundan tashqari, yosh tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatini tashkil etish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va savollar tinglab chiqildi, batafsil javoblar berildi, shuningdek ular uchun yaratilayotgan sharoitlar va imtiyozlar haqida ma'lumot taqdim etildi.