Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, Markaziy Osiyo sport yurishi va yugurish akademiyasi, shuningdek Talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda talaba yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini ommalashtirish va ularni muntazam sport bilan shug'ullanishga rag'batlantirish maqsadida «Talaba — yugur» ko'ngillilar yugurish sport musobaqasi o'tkazilmoqda.
Ushbu musobaqalar talabalarni sog'lom turmush tarziga keng jalb qilish, jismoniy faollik darajasini oshirish va muntazam sport mashg'ulotlarini targ'ib qilish maqsadida tashkil etilmoqda. Tarixiy Samarqand shahrida o'tkazilgan «Talaba — yugur» ko'ngillilar yugurish musobaqasida talabalar va xodimlar faol ishtirok etib, yuqori darajadagi sport ishtiyoqi va jamoa birligini namoyish etdilar.
Sovrindor o'rinlarni egallagan Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari erishilgan natijalarga muvofiq maxsus stipendiya voucherlari bilan mukofotlandi.