Samarqand davlat tibbiyot universiteti Xalqaro ta'lim fakulteti bitiruvchi kurs talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasining ikkinchi bosqichi OSCE formatida (ob'ektiv tuzilgan klinik imtihon) o'tkazildi.
Imtihonlar yakuniy davlat attestatsiyasi raisi — Toshkent davlat texnika universiteti hududiy ta'lim muassasalari va texnikumlar bilan ishlash bo'yicha prorektori, professor S. R. Baymakov, Samarqand davlat tibbiyot universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektori Nargiza Yarmuhamedova, o'quv bo'limi boshlig'i Gulchehra Tastanova, shuningdek fakultet dekani Sobirjon Mamarajabov bevosita ishtirokida tashkil etildi.
Imtihon sinovlari davomida talabalar o'z bilim va kasbiy ko'nikmalarini ham nazariy, ham amaliy shaklda namoyish etdilar.